Xastalik odam tanlamaydi. Onkologning o‘zi saratondan vafot etdi

Olam

Xastalik odam tanlamaydi, deb shuni aytishsa kerak. Rossiyalik taniqli onkolog-shifokor Andrey Pavlenko vafot etdi. Qayd etilishicha, uning vafotiga oshqozon saratoni sabab bo‘lgan. Bu haqda shifokorning turmush o‘rtog‘i xabar bermoqda. 

Pavlenko bugun, 5 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 08: 20da Sankt-Peterburgda vafot etdi. 

Bugun YouTube videoportalida onkologning so‘nggi videomurojaatnomasi paydo bo‘ldi. “Hurmatli do‘stlik, agar siz bu videoni ko‘rayotgan bo‘lsangiz, demak men vafot etganman”, deb boshlanadi ushbu murojaatnoma. 

Bundan bir necha oy avval onkolog-shifokor Andrey Pavlenko ishtirokida YouTube videoportali "Jizn Cheloveka" loyihasiga asos solingan edi. Ushbu loyihada saraton bilan og‘rigan bemorlar hayoti yoritilar, xayriya va portal orqali tushgan mablag‘lar esa saraton kasalligiga chalingan bemorlarni davolash ishlariga yo‘naltirilar edi.

YouTube orqali xabar qilinishicha, Andrey Pavlenkoning xayrli ishlari davom ettiriladi. Qayd etilishicha, Andrey Pavlenko nomidagi grant tashkil etilib, unda o‘z ijodiy ishlarida saraton kasalligi va uning oqibatlarini yoritgan rejissyor, fotosuratchi, jurnalistlar taqdirlanadi. Yig‘ilgan mablag‘larning yarmi har oy Andreyning oilasiga o‘tkaziladi. Mablag‘larning ikkinchi yarmi grant komissiyasi tomonidan onkologiyaga qarshi kurash bo‘yicha materiallar ishlab chiqarishga ajratiladi.

2018 yil mart oyida 39 yoshli onkolog-jarroh Andrey Pavlenko o‘zida oshqozon saratoni borligini va u uchinchi bosqich ekanidan xabar topdi. Shifokor saraton kasalligini davolash va muammolar haqida video-blog yuritishga va podkastlar yozishga qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Andrey Pavlenko

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar