Xaridorlar cheki bilan 16,5 mln so‘m keshbek to‘plagan kassir aniqlandi

Jamiyat

image

Xaridorlar chekini ro‘yxatdan o‘tkazib 16,5 mln keshbek to‘plagan “uddaburon kassir” aniqlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqaro B.R aprel oyida 443 ta 1,8 mlrd so‘mlik cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazib 18 183 656 so‘m keshbek to‘plagan. Shundan, 1,6 mlrd so‘mlik 152 ta cheklar "AA" korxonasidan olingan bo‘lib, ularga 16 485 000 so‘mlik keshbek hisoblangan.

O‘rganish natijasida ushbu fuqaro “AA” korxonasida kassir lavozimida ishlashi ma’lum bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar shubhali bo‘lgani sababli hisoblangan 16 485 000 so‘mlik keshbek summalari bekor qilindi.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12 maydagi 255-son qaroriga muvofiq,  Davlat soliq qo‘mitasi onlayn nazorat kassa texnikasi chekini soliq organlarining mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxsdan uning haqiqiy xaridlari to‘g‘risidagi tasdig‘ini so‘rab olishga, xarid haqiqatda ushbu jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirganligi shubhali bo‘lgan taqdirda tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

593

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing