Xarkovning ruslardan ozod qilingan qismida 500 ortiq jasad topildi
Olam
−
06 Oktabr 2022
8528Ukrainaning Xarkov viloyatining Rossiyadan ozod qilingan qismida rus askarlari tomonidan o‘ldirilgan 534 nafar tinch aholining jasadi topildi. Bu haqda Xarkov viloyati milliy politsiyasi bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi boshlig‘i Sergey Bolvinov onlayn brifingda ma’lum qildi.
“Afsuski, biz bosib olingan hududlarda 534 nafar tinch aholining jasadlarini topdik. Ulardan 226 nafari ayollar, 260 nafari erkaklar, 19 nafari bolalar va 29 nafar jasadning jinsi aniqlanmagan”, deydi Bolvinov.
Uning aytishicha, bunda Izyum shahridagi ommaviy qabr inobatga olingan, u yerda 447 kishining jasadi topilgan.
Unga ko‘ra, viloyatning bosqindan ozod etilgan qismidan rossiyalik askarlarning 22 ta qiynoqqa solish joylari aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil sentyabr oyi boshida Ukraina harbiylarining Xarkov viloyatida qarshi hujumga o‘tishi natijasida ruslar nazoratidagi Balakleya, Izyum, Kupyansk kabi shaharlar va ko‘plab boshqa aholi punktlari ozod qilindi. Ba’zi hududlarda ukraina harbiylari Rossiya chegarasigacha yetib bordi.
Izyumdagi ommaviy qabr
Joriy yilning sentyabr oyi o‘rtalarida Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Izyumda ham Buchada qilganlarini takrorlagani, shahardan ommaviy qabrlar topilganini aytib chiqdi.
23 sentyabrga kelib, Milliy politsiya Bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sergey Panteleyev eksgumatsiya (jasad qoldiqlarini qabrdan olib tashlash – tahr.) jarayoni yakuniga yetayotganini, politsiya ommaviy qabrdan 427 nafar ukrainalik jasadini olib chiqqanini aytdi. Ularning 202 nafari ayollar, 189 nafari erkaklar va 5 nafari bolalar jasadi. Shuningdek, ushbu shahardagi ommaviy qabrdan 21 nafar ukrainalik harbiy xizmatchilarning jasadi topilgan.
LiveBarchasi