Xanchjou-2022. O‘zbekistonlik sportchilarning to‘rtinchi kundagi natijalari qanday?

Sport

image

Bugun, 27 sentyabr kuni Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlarining 4-kuni o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston vakillari 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Oltin medal: 

  • Ulug‘bek Rashidov taekvondo bo‘yicha Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. O‘zbekistonlik sportchi finalga qadar gongkonglik Vay Fung Loni, Xitoy Taypeyi vakili Juy Yi Chuyni, koreyalik Xoyun Jinni mag‘lub etdi va hal qiluvchi bahsda iordaniyalik Abdulkarim Zaid ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. 

Kumush medal:

  • Taekvondo bo‘yicha chempionlik uchun bahs olib borgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Feruza Sodiqova esa -67 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. U finalda Xitoylik Ji Song bilan jang olib bordi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi;
  • Navbatdagi kumush medalni shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 7 ochko jamg‘argan holda Nodirbek Abdusattorov keltirdi;
  • Ayollar o‘rtasida kechgan bahslarda esa O‘zbekiston vakili Umida Omonova mo‘g‘ulistonlik Nguyen Pxanga yutqazib, kumush medalga ega chiqdi;
  • Dzyudo bo‘yicha aralash jamoaviy dasturda o‘zbekistonlik sportchilar kumush medal bilan kifoyalandi. Ular finalda mazkur sport vatani Yaponiya bilan bahs olib bordi va imkoniyatni boy berib, Osiyo o‘yinlarini ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Bronza medal:

  • Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Javohir Sindorov musobaqadagi ishtiroki davomida 6.5 ochko jamg‘argan holda Osiyo o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bu orqali O‘zbekiston delegatsiyasi jami 28 medal (6 ta oltin, 10 ta kumush, 12 ta bronza) jamg‘argan holda umumiy reytingning 4-pog‘onasini band etib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov Ulug'bek Rashidov Xanchjou Umida Omonova Taekvondo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing