Telegram
Birinchi biling!
Sport
−
26 Sentabr
13460Ayni kunlarda Xitoyning Xanchjou shahri mezbonligida XIX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham jami 22 ta medal jamg‘argan holda, umumiy reytingning 4-pog‘onasini band etib turibdi.
Xo‘sh, bu musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar O‘zbekistonda qanday mukofotlanadi? Bu savolning javobi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yilda qabul qilingan tegishli qarorida keltirilgan.
Unga ko‘ra, sportchilarga davlat byudjetidan asosiy hamda mahalliy byudjetdan quyidagicha qo‘shimcha pul mukofotlari beriladi.
Sportchilar:
Sportchilarini tayyorlagan trenerlarga:
Sportchilarini tayyorlagan boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):
Biroq Prezidentning 2023 yil 8 apreldagi 114-sonli qarori bilan mukofot pullarining yangi miqdori tasdiqlangan, AQSH dollari ko‘rinishidagi mukofot miqdori 2 baravar oshirilgan.
Ya’ni sportchilarga:
Sportchilarini tayyorlagan trenerlarga:
Ahamiyatlisi mazkur qarorda mahalliy byudjetdan qo‘shimcha mukofot, shuningdek, sportchilarini tayyorlagan boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar)ni rag‘batlantirish haqida hech qanday gap yo‘q. Ajablanarlisi esa 2022 yilda qabul qilingan qaror ham o‘z kuchida turibdi, na bekor bo‘lgan, na o‘zgarish kiritilgan.
LiveBarchasi