Xanchjou-2022. Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Sport

image

Bugun, 23 sentyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Shu bois, sport turlarida bellashuvlar deyarli tashkil etilmaydi. 

Biroq kunning birinchi yarmida stol tennisi bo‘yicha 2-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Bahrayn vakillariga qarshi g‘oliblik uchun kurashib, 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan 1/16 finalga yo‘l oldi.

O‘zbekiston 3 - 0 Bahrayn

Rozalina Xo‘jayeva - Maryam Majid Alali (3:1);
Marhabo Magdiyeva - Amruta Amit Padke (3:0);
Asel Erkaboyeva - Fatima Majid Alali (3:0).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti Otabek Umarov Xitoyning Xanchjou shahridagi O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashgan edi. Vitse-prezident bugun, 23 sentyabr kuni Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati tarkibida ishtirok etishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Bahrayn stol tennisi Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing