Xalq ta’limi tizimida bir yilda qancha mablag‘ “yeb ketilgani” ma’lum bo‘ldi
3-sahifa
−
25 fevral 2022
70062021 yilda xalq ta’limi muassasalarida 91,1 mlrd so‘mlik moliyaviy xato-kamchilik aniqlandi, shundan 27,1 mlrd so‘mi noqonuniy o‘zlashtirilgan. Bu haqda bugun, 25 fevral kuni Xalq ta’limi vazirligi Ichki audit xizmati faoliyati bo‘yicha 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, Hisob palatasi boshchiligida o‘tgan yili Andijon viloyati Andijon shahrida o‘tkazilgan tekshirishda, xodimlarning daromad solig‘ini Davlat byudjetiga o‘tkazmasdan, tizimda ishlamaydigan begona shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish orqali 11,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan. (2020 yilda vazirlik tomonidan Andijon shahrida 28,4 mlrd so‘m mablag‘ kassaga kirim qilmasdan va ishlamaydigan xodimlarga to‘lash orqali o‘zlashtirilgan).
Ma’lumot uchun, 2020 yilning hisobot ko‘rsatkichlariga nisbatan jami qonunbuzilish holatlari (228,3 mlrd so‘m) 1,5 baravarga, kamomad va o‘zlashtirish holatlari (70,7 mlrd. so‘m) 2,6 baravarga kamaygan.
Tarkibida jinoyat alomatlari bo‘lgan 161 ta 76 mlrd so‘mlik o‘rganish materiallari huquqiy baho berish va qonuniy choralar ko‘rish maqsadida huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.
LiveBarchasi