Xalqimizga farzandlik ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman – Mirziyoyev 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarga minnatdorlik bildirdi. 

“Tug‘ilgan kunim munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etib, o‘zlarining samimiy qutlovlari va ezgu tilaklarini bildirgan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar yetakchilariga, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, yurtimizdagi mehnat jamoalari, mahallalar, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari faollariga, tadbirkorlarimizga, mamlakatimiz va chet ellardagi barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorlik izhor etaman”, deydi Mirziyoyev.

U o‘zining nomiga yo‘llangan ushbu tabrik va tilaklarni, avvalo, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, dunyo hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarga, yorug‘ kelajakka ishonch va e’tibor ifodasi sifatida qabul qilishini bildirgan.

“Barcha tashabbus va dasturlarimizni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan mard va olijanob xalqimizga yana bir bor chin dildan farzandlik mehrim va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.

Ishonchim komil, el-yurtimizning ulkan yaratuvchilik mehnati, azmu shijoati bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish va uni jahondagi taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqish bo‘yicha o‘z oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarga albatta yetamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, kecha, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshga to‘ldi.  Shu munosabat bilan quyidagilar Prezident Mirziyoyevga o‘z tabriklarini yo‘lladi:

  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,
  • Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin,
  • Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev,
  • Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,
  • Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon,
  • Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
  • Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,
  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,
  • Belarus Respublikasidan Aleksandr Lukashenko,
  • Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an,
  • Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,
  • Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon,
  • Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux,
  • Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta,
  • Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella,
  • Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Jorjiya Meloni,
  • Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar,
  • Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich,
  • Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident devoni raisi Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon,
  • Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,
  • Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev,
  • Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko,
  • Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin,
  • Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev,
  • Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan,
  • Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayev,
  • Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,
  • Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev,
  • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon,
  • Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati Raisi Bakitjan Sagintayev,
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso,
  • Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef,
  • Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov,
  • Xitoy eksport-import banki boshqaruvi raisi Chen Xuayuy,
  • Ipak yo‘li fondi raisi Chju Szyun,
  • Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill,
  • Kavkaz musulmonlar idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda,
  • Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer,
  • Yevroparlamentning Fransiyadan saylangan deputati Terri Mariani,
  • AQSH Kongressi a’zolari Trent Kelli va Kerol Miller,
  • Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov,
  • Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov,
  • Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm.

Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing