“Xalqimiz uchun yashayapsiz”. Saida Mirziyoyeva otasini tabrikladi
Jamiyat
−
24 iyul 50707 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva otasi, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi. U bugun, 24 iyul kuni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tabrik postini e’lon qildi.
ׅSaida Mirziyoyeva otasi u uchun har doim donishmandlik va kuch-qudrat timsoli bo‘lib kelganini, otasining cheksiz mehridan quvvat olib ulg‘ayganini qayd etgan.
“Dadajon! Tun-u kun Sizning o‘y-xayolingiz nimalar bilan band ekanini yaxshi bilaman. Siz xalqimiz uchun yashayapsiz. Umringizni shu yurtga, uning tinchligi, odamlar farovonligiga bag‘ishlagansiz. Chunki Siz faqat oilamizning emas, butun bir millatning otasisiz.
Men Sizning bemisl mehr-muhabbatingiz, fidoyi xizmatlaringiz, barcha mashaqqatlarni yengishda ko‘rsatayotgan matonatingiz oldida bosh egaman.
Allohdan faqat bir narsani so‘rayman – Sizni doim O‘z panohida asrasin. Men uchun. Hammamiz uchun...
Siz dunyoga kelgan kun barchamizga muborak bo‘lsin, dadajon”, deya yozadi Saida Mirziyoyeva.
Ma’lumot uchun, bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat, din va sport arboblari, O‘zbekistonning barcha hududlari va xorijdagi o‘zbekistonlikdan qutlovlar kelmoqda. Davlat rahbarining ko‘plab mamlakatlar yetakchilari bilan telefon orqali muloqotlari ham tashkillashtirilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr