Xalq bankining xizmat avtomobili ishtirokida YTH yuz berdi

Jamiyat

image

Toshkentning Laylito‘g‘on ko‘chasida Xalq bankining sayyor kassasi – Damas avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda. 

YTHda birvarakayiga to‘rtta avtomobil shikastlangan. 

Guvohlarning ma’lum qilishicha, Damas xizmat avtomobili katta tezlikda harakatlanayotib yo‘ldan  qayrilib olish uchun to‘xtagan Ravon Nexia avtomobilini ko‘rib qoladi va keskin o‘ng tomonga buraydi.

Keskin manyovr natijasida avtomobil yo‘ldan chiqib ariqqa tushib ketadi va yo‘l chetida turgan Spark avtomobiliga borib uriladi. Spark esa nariroqda turgan Nexia`ga borib uriladi.

Voqea joyiga yetib kelgan YPX inspektorlari birlamchi ko‘rikdan so‘ng ushbu to‘rt avtomobillarning barchasi yo‘l-harakati xavfsizligi qoidalarini buzganini qayd etgan. Unga ko‘ra:

Damas – tezlikni oshirgan, masofa saqlamagan;

Ravon Nexia – ruxsat berilmagan joyda qayrilib olmoqchi bo‘lgan;

Yo‘l chetida turgan Spark va Nexia – piyodalar yo‘lagida to‘xtatilgan bo‘lgan.

Ayni damda YPX inspetktorlari ushbu hodisada aybdorni aniqlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Xalq banki Sayyor kassa

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing