Xalqaro jinoiy sud ikki rossiyalik qo‘mondonni hibsga olishga order berdi

Olam

image

Xalqaro jinoiy sud rossiyalik yuqori martabali qo‘mondonlar Sergey Kobilash va Viktor Sokolovni Ukrainadagi harbiy jinoyatlarda gumon qilib, hibsga olishga order berdi. Bu haqda kecha, 5 mart kuni sud bayonot berdi.

Gaagada joylashgan Xalqaro jinoiy sud yuqoridagi gumondorlarni “kamida 2022 yilning 10 oktyabridan 2023 yilning 9 martigacha bo‘lgan davrda o‘z qo‘mondonligi ostidagi kuchlar tomonidan Ukraina elektr infratuzilmasiga uyushtirilgan raketa hujumlari uchun javobgar bo‘lgan, deb hisoblash uchun asoslar borligini aytdi.

58 yoshli Kobilash gumon qilinayotgan jinoyatlar vaqtida Rossiya Harbiy-havo kuchlarida uzoq masofali aviatsiya qo‘mondoni bo‘lgan. 61 yoshli Sokolov esa ayblovlar tegishli bo‘lgan davrda Qora dengiz floti qo‘mondonligida admiral bo‘lgan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy XJS qarorini olqishladi.

“Ukrainadagi tinch aholiga va muhim infratuzilmaga hujum qilishni buyurgan har bir rossiyalik qo‘mondon bilishi kerakki, adolat qaror topadi. Bunday jinoyatlarda aybdor bo‘lgan har bir kishi bilishi kerakki, ular javobgarlikka tortiladi”, deb yozdi u X'dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning mart oyida XJS Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bolalar huquqlari bo‘yicha komissar Mariya Lvova-Belovani ukrainalik bolalarni o‘g‘irlash bilan bog‘liq harbiy jinoyatlarda ayblab, hibsga olishga order bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Xalqaro jinoiy sud Viktor Sokolov Sergey Kobilash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing