Xalqaro Yashil Haftalik - 2020da O‘zbekiston ham ishtirok etadi

Jamiyat

image

Xalqaro Yashil Haftalik – 2020. 17-26 yanvar kunlari Germaniya poytaxti Berlinda oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilik bo‘yicha shu nomdagi xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro Yashil Haftalik  2020 – bu dunyo bo‘ylab  qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari  ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning  o‘z mahsulotlarini namoyish etishi, sinovdan o‘tkazishi  va yangi xaridor topishi uchun  samarali  platformadir. Ko‘rgazmada  Germaniya va Yevropaning boshqa  davlatlaridan tashqari, boshqa xorijiy mamlakatlarning qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, bog‘dorchilik va baliqchilik bo‘yicha   soha vakillari ishtirok etadi. 

Ko‘rgazma qishloq xo‘jaligi, organik mahsulotlar, gullar, qayta tiklanuvchi manbalar, xalqaro oziq-ovqat, Yashil haftalik tajribasi kabi o‘nlab mavzuli bo‘limlardan iborat bo‘ladi. 

Xalqaro Yashil Haftalik – 2020 da “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi meva-sabzavotni qayta ishlovchi korxonalar vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Xalqaro Yashil Haftalik – 2019 da ishtirokchilar soni 1 ming 700 dan ziyodni tashkil etgan.  100 mingdan ortiq mahsulotlar namoyishga qo‘yilgan. Ko‘rgazma doirasida 300 dan ziyod texnik anjumanlar tashkil etilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekoziqovqatxolding Xalqaro Yashil Haftalik

Baholaganlar

3

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made