Muzqaymoq iste’moli bo‘yicha xavfsizlik me’yorlari eslatib o‘tildi
Jamiyat
−
03 iyun 2020
12348Yoz faslida muzqaymoq iste’moli ko‘payishi turgan gap. "O‘zbekoziqovqatxolding" ushbu mahsulot iste’molida amal qilinishi kerak bo‘lgan xavfsizlik me’yorlarini eslatib o‘tdi.
Qayd etilishicha, issiq taftini oluvchi ushbu mahsulot foydali bo‘lsada, uni iste’mol qilishda xavfsizlik me’yorlariga rioya qilmaslik, inson salomatligi bilan bog‘liq noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Quyida muzqaymoq iste’molining xavfsizlik me’yorlari keltirib o‘tilgan:
– Katta yoshdagi insonlar haftasiga ikki donadan ziyod muzqaymoq iste’mol qilmasliklari tavsiya qilinadi. Ushbu mahsulotning me’yordan ortig‘i faringit, angina, laringit, rinosunusit va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin.
– Muzqaymoq issiq choy bilan iste’mol qilinsa, tomoq yallig‘lanishining oldi olinadi.
– Muzqaymoqni konditsioner yoqilgan sovuq xonada iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
– Tishlar ildizi va milklarni shamollatib qo‘ymaslik uchun muzqaymoqni ohistalik bilan, kam-kamdan yemoq kerak.
– Bolalarga muzqaymoqning odatdagi me’yoridan yarmini, 4 yoshdan boshlab maxsus sho‘rva likopchasiga eritgan holda berish mumkin.
LiveBarchasi