Xalqaro sud qaroriga qaramay, Isroil yana Rafahga hujum qildi
Olam
−
25 may
5049Kecha, 24 may kuni Xalqaro sudning Isroilga qarshi qabul qilingan qaroriga qaramay, Isroil armiyasi Rafah shahrini ikkinchi marta o‘qqa tutdi. Bu haqda WAFA agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rafah shahrining o‘qqa tutilishi oqibatida bir falastinlik halok bo‘lgan. Bundan tashqari, Isroilning G‘azo janubidagi Sabra mahallasiga bergan havo zarbalari oqibatida bir ayol halok bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Xalqaro sudning 24 maydagi G‘azo sektorida gumon qilinayotgan genotsid bo‘yicha JAR qo‘zg‘atgan ish doirasida chiqarilgan qarorida Isroilning davom etayotgan tajovuzi tufayli G‘azodagi gumanitar vaziyat og‘irlashar ekan, qo‘shimcha vaqtinchalik choralar ko‘rish zarurligi aytiladi. Xalqaro sud Isroilga harbiy tajovuzni va "falastinliklarning qisman yo‘q qilinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan" yashash sharoitlarini yaratishga olib keladigan barcha harakatlarni darhol to‘xtatishni buyurdi.
Sud qaroriga ko‘ra, Isroil Falastin anklavidagi asosiy xizmatlar va insonparvarlik yordamlariga to‘siqsiz kirishni ta’minlash uchun G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegaradagi Rafah punktini ochiq qoldirishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Xalqaro sud qaroriga qaramay, Rafahga hujumni davom ettirishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi