Xalqaro sud Isroildan Rafahdagi harbiy amaliyotini zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi

Olam

image

Xalqaro sud Isroilning falastinliklar uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan Rafahdagi harbiy hujumi va boshqa faoliyatini zudlik bilan to‘xtatishi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar berdi.

Sud Isroil genotsid haqidagi da’volarni tekshirish uchun G‘azo sektoriga kirishni ta’minlashi va gumanitar yordam yetkazib berish uchun sektorning Misr bilan chegarasida nazorat punkti ochishi kerak degan qarorga keldi.

Tegishli qaror Isroilni genotsidda ayblagan Janubiy Afrika apellyatsiyasi doirasida 15 nafar sudya tomonidan qabul qilindi. Hujjatni ulardan 13 nafari qo‘llab-quvvatladi. Sud qaroriga ko‘ra, Isroil bir oy ichida ko‘rilgan choralar haqida hisobot berishi kerak.

Isroil Bosh vaziri idorasi sud qarori e’lon qilinganidan so‘ng Binyamin Netanyaxu vazirlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazayotgani haqida ma’lum qildi. "Reuters" agentligining qayd etishicha, Isroil sud qarorini e’tiborsiz qoldirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2023 yil dekabr oyining oxirida Janubiy Afrika Xalqaro sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, Isroilni G‘azo sektoridagi "harakatlari va harakatsizligi" bilan falastinliklarga qarshi "genotsid"da ayblagandi. Isroil bu ayblovlarni rad etdi va xalqaro qonunlarga muvofiq HAMASga qarshi urush olib borayotganini da’vo qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant va HAMASning uch yetakchisi: Yahyo Sinvar, Muhammad Al-Masri va Ismoil Xoniyani hibsga olish uchun order berishni talab qilgan edi. Prokuror bayonotida isroillik siyosatchilar va HAMAS yetakchilari urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgar ekanligi ta’kidlangan. Shundan so‘ng Isroil va HAMAS XJS prokurorining talabini qoraladi. AQSH Prezidenti Jo Bayden esa Karim Xonning Netanyaxu va Gallantni hibsga olishga order berishni so‘ragan bayonotini qoraladi. Fransiya esa order berish haqidagi iltimosni qo‘llab-quvvatladi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Xalqaro sud Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing