Xalqaro narkotik oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi to‘da ushlandi

3-sahifa

image

Qirg‘izistonda Tojikistondan giyohvand moddalarni yetkazib berish kanalini tashkil qilgan xalqaro jinoiy narkotik to‘dasi zararsizlantirildi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘sh viloyatining yakka tartibdagi fuqarolari orasidan Tojikiston – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro narkotik kanalini tashkil etgan va ushbu viloyat aholisi o‘rtasida giyohvand moddalarni tarqatish bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy giyohvandlik guruhi qo‘lga olingan. Ular uch kishidan iborat bo‘lib, ism-familiyasi, millati tergov manfaati uchun ochiqlanmagan.

Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan shaxslarning yonidan topilgan 7,7 kg gashish musodara qilingan.

“Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilib, ishning barcha holatlari va ishtirok etgan boshqa shaxslarni aniqlashga qaratilgan tegishli tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda giyohvand moddalarni yashirincha olib o‘tayotgan yuk mashinasi aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing