Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Xorvatiyada ushlandi
3-sahifa
−
16 yanvar 2296 1 daqiqa
Firibgarlik ishi bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Xorvatiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hamda Xorvatiya Interpol Milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlik uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining Zagrebdan ekstraditsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Ekstraditsiya Interpol Zagreb Milliy markaziy byurosi bilan yaqin hamkorlik, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Vengriyadagi konsulligining har tomonlama ko‘magi tufayli amalga oshirilgan.
“O‘tkazilgan tadbir xalqaro politsiya hamkorligining samaradorligini va tomonlarning sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyiliga sodiqligini tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziyaning Tbilisi shahri aeroportida mamlakat vakolatli organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi vakillariga yirik miqdordagi firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar shaxs topshirilgandi.
Live
Barchasi