Xalqaro qidiruvdagi shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

3-sahifa

image

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Polshadan O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda mamlakatning Polshadagi elchixonasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, qidiruvda bo‘lgan A.A. O‘zbekiston Interpol milliy markaziy byurosi, Varshavadagi O‘zbekiston elchixonasi hamda ushbu mamlakatning tegishli idoralari hamkorligida qaytarilgan. 

O‘zbekiston hududida firibgarlik sodir etganlikda ayblanayotgan A.A. Interpolning qizil sirkulyari orqali qidiruvga berilgan. 

Shuningdek, elchixona barcha fuqarolarni qayerda bo‘lishidan qat’i nazar qonun-qoidalarga rioya qilishga chaqirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Abu-Dabi Interpol milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari hamda Birlashgan Arab Amirliklari politsiyasining ko‘magi bilan qidiruvda bo‘lgan 12 nafar shaxs BAA hududidan O‘zbekistonga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Pol'sha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing