Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik 3 ayol Ummonda ushlandi

3-sahifa

image
Interpol qidiruvidagi o‘zbekistonlik Rossiyaga keltirildi north_east

Interpol qidiruvidagi o‘zbekistonlik Rossiyaga keltirildi

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosining kuzatuvi ostida xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar ayol Ummonning Maskat shahridan Toshkentga olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Keng qamrovli tezkor-qidiruv tadbirlari va xorijiy hamkorlar bilan samarali axborot almashinuvi natijasida ushbu ikki fuqaroning qayerda ekani aniqlangan va ular ushlangan. Joriy yilning 23 may kuni ularning ekstraditsiyasi amalga oshirildi. Ikkala ayol ham firibgarlik va odam savdosi bilan ayblanib, qidiruvda bo‘lgan.

Firibgarlik bilan bog‘liq xatti-harakati uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ekstraditsiya qilish jarayonini amalga oshirish maqsadida kuzatuv guruhining Maskatda bo‘lgan vaqtida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqaro miqyosda qidiruv e’lon qilingan, odam savdosi bilan shug‘ullanishda gumon qilinayotgan yana bir ayol qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgan. O‘tkazilgan uchrashuv natijasida soddalashtirilgan ekstraditsiyani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon qidiruvda bo‘lgan 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Arslon Xolmirzayevni rasmiy Toshkentga topshirgandi. U firibgarlik yo‘li bilan katta miqdorda zarar yetkazishda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Sal vaqt o‘tib rasmiy Baku yana bir O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi. U joriy yilning yanvar oyida Ozarbayjonda aniqlanib, hibsga olingan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV Ummon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing