Xalqaro dzyudo federatsiyasi ham rus sportchilari uchun “eshiklarini” yopdi

Sport

image

Rossiyalik dzyudochilar 2022 yilgi jahon chempionatida qatnashmaydi. Bu haqda TASS agentligi Rossiya dzyudo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Anisimov so‘zlariga tayanib, ma’lum qildi.

“Biz jahon chempionatida qatnashmaymiz. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) qarori nafaqat Rossiyaning dzyudo terma jamoasiga, balki barcha rossiyalik sportchilarga tegishli”, degan Anisimov.

Qayd etish kerakki, shu yilning 6-13 oktyabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. 2021 yilgi jahon chempionatida neytral bayroq ostida harakatlangan rossiyaliklar umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egallagan edi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 28 fevral kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi sport federatsiyalariga Ukrainadagi urush tufayli rossiyalik va belaruslik sportchilarning musobaqalarda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilishni tavsiya qilgan. Biroq 2 mart kuni Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) rossiyalik sportchilar tashkilot bayrog‘i ostida xalqaro musobaqalarda qatnasha olishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing