Xalqaro boks assotsiatsiyasi vazn toifalarini ko‘paytirdi

Sport

image

Xalqaro boks assotsiatsiyasi — AIBA direktorlar kengashi barcha musobaqalarda (Olimpiya o‘yinlaridan tashqari) yoshlar va katta yoshli sportchilarining vazn toifalariga o‘zgartirishlar kiritib, sport turini tubdan o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Erkaklar vazn toifalari 10 tadan 13 tagacha, ayollar o‘rtasida esa 10 tadan 12 tagacha ko‘tariladi.

Qaror joriy yil 1 avgustdan kuchga kiradi.

Ushbu taklifni AIBA Bosh kotibi Istvan Kovach taqdim etdi. Uning ta’kidlashicha, AIBA kengashining yig‘ilishida yangi vazn toifalarini muhokama qilish va kelishishdan avval erkaklar va ayollar boksida manfaatdor tomonlarning keng konsultatsiyasi o‘tkazilgan.

“Biz ishonamizki, ushbu qadam ko‘proq vazn toifasidagi bokschilarga o‘zlarini eng kuchli va qulay his etadigan vazn toifalarida ishtirok etishlariga imkon beradi. Biz barcha takliflarni milliy federatsiyalar va AIBA qo‘mitalarining hurmatli vakillari orqali to‘pladik. Har bir ovoz inobatga olindi. Ushbu yangilik boksning quyi qatlamdan elitaga aylanishi uchun yordam beradi”, deydi Kovach.

AIBA prezidenti Umar Kremlyov esa:

“AIBA’ning barcha raqobat tarkibini keng isloh qilish jarayonida biz ushbu muhim o‘zgarishni amalga oshirmoqdamiz. Men, albatta, sportchilarimizga ko‘proq imkoniyatlar berishimiz kerakligiga ishonaman, yangi bo‘linishlar turli mamlakatlardan ko‘proq odamlarni boks bilan shug‘ullanishga undaydi va medallar qo‘lga kiritishga imkon beradi. Medallarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, mamlakatlar hukumatlari bizning sportimizga shunchalik e’tibor berishadi va uni butun dunyoda moliyalashtiradilar”, deya fikr bildirdi.

O‘zgarishlar bokschilarning xavfsizligi uchun vaznni boshqarish va teng kurashni ta’minlashga xizmat qiladi. 

To‘liq vazn toifalari quyidagicha taqsimlandi:

  • Erkaklar: -48, -51, -54, -57, -60, -63,5, -67, -71, -75, -80, -86, -92 +92.
  • Ayollar: -48, -50, -52, -54, -57, -60, -63, -66, -70, -75, -81, +81.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing