Xakerlar o‘zbek bankiga hujum qilib, o‘g‘irlik qildi

Jamiyat 32711
qalampir-post-new-shablon-v-2 copy-Recovered copy
-

Ijtimoiy tarmoqlarda InFinBank’ga xaker hujum qilgani va pul mablag‘larini o‘g‘irlagan haqida xabarlar tarqatilmoqda. Bank holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3-5 sentyabr’ kunlari bir guruh xalqaro moliyaviy firibgarlar xorijda joylashgan fiktiv merchant xizmatlaridan  InFinBank’da o‘zlarining jinoiy sheriklarining nomiga ochilgan Visa plastik kartalariga valyuta mablag‘larini o‘tkazishga va shu kunlarning o‘zida bankomat tizimlarida naqdlashtirish, boshqa banklarning mobil ilovalari, Humo va Uzcard tizimida ochilgan kartalar vositasida o‘zlashtirishga uringanlar.

Hozirda jinoiy guruhning a’zolari aniqlangan. Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Noqonuniy ishlatilgan va o‘zlashtirilgan mablag‘larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda.

Bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarda ko‘rsatilgan summalar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini surishtiruv, tergov va undiruv harakatlari yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot va axborotlar berilishini ta’kidlagan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1517
Reyting: 3
Teglar
t
×