Habib kamtar, ammo qo‘pol bo‘lganda yanada mashhur bo‘lardi – Frank Mir

Sport

image

Amerikalik jangchi (MMA) Frank Mir rossiyalik Habib Nurmuhamedov haqida o‘z fikrlarini ma’lum qildi.

40 yoshli Mir Habibni kamtarligi uchun hurmat qilishini tan oldi. Mirning fikriga ko‘ra, agar Nurmuhamedov o‘zini qo‘pol tutsa, yanada mashhur bo‘lishi mumkin edi.

"Shunday bo‘lsa-da, u bizning sportimizni namoyish etayotganidan xursandman", deydi Mir.

“Forbes” jurnaliga ko‘ra, Nurmuhamedov Instagram'dagi daromadlari bo‘yicha Rossiya segmentida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning taxminiy daromadi 0,57 million dollarni tashkil etadi. 31 yoshli janchi 18 milliondan ortiq obunachilarga ega.

Eslatib o‘tamiz, Nurmuhamedov mutlaq janglar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni sifatida tanilgan. Uning hisobiga 28 g‘alaba yozib qo‘yilgan.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xabib Frank Mir

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing