Xabi Alonso “Chelsi” bosh murabbiyi bo‘lishiga tayyorligini bildirdi

Sport

image

“Real Madrid”ning sobiq murabbiyi Xabi Alonso Londonning “Chelsi” klubi vakillari bilan muzokara olib bordi va uzoq muddatli shartnoma imzolab, jamoa bosh murabbiyiga aylanishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, muzokaralar shu hafta davomida bo‘lib o‘tgan. Shu bilan birga, “Chelsi” boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Avvalroq, Skira klubning qisqa ro‘yxatidan Andoni Iraola va Marku Silva ham joy olganini xabar qilgandi. Shuningdek, Sesk Fabregas hamda Franchesko Farioli London klubining taklifini rad etgan.

44 yoshli Alonso joriy yilning yanvar oyida “Real Madrid” bilan hamkorlikni yakunlagan edi. U madridliklar safidan ketishidan avval, 2022 yil oktyabridan boshlab “Bayer Leverkuzen” klubini boshqargan.

2023/24-yilgi mavsumda Alonso boshchiligidagi Leverkuzen klubi o‘z tarixida ilk bor Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoa Germaniya kubogi va Superkubogida ham g‘olib chiqdi. “Bayer Leverkuzen” UEFA Yevropa ligasi finaliga qadar yetib bordi, biroq hal qiluvchi bahsda “Atalanta”ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

2024 yil may oyida Alonso boshchiligidagi “Bayer Leverkuzen” klubi UEFA musobaqalari tarixidagi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriya rekordini o‘rnatib, ketma-ket 49 ta o‘yinda yutqazmadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Chelsi” “Real Madrid” Xabi Alonso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing