Xabarovskda o‘zbekistonlik YTH qurboni bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi.

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2020 yil 30 yanvar kuni Xabarovsk o‘lkasida sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Xabarovsk shahri shifoxonasiga yotqizilgan o‘zbekistonlik S.F. komadan chiqmay 14 fevral kuni vafot etganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur vaziyat Bosh konsulxonaning doimiy nazoratida bo‘lgan. Hozirgi vaqtda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan hamda eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur oblasti, Kamchatka o‘lkasi, Magadan oblasti, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi – Yoqutiston, Saxalin oblasti, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.


Maqola muallifi

Teglar

YTH o'zbekistonlik Xabarovsk

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing