Keyn yana bir mavsum “Tottenxem”da qoladi
Sport
−
25 avgust 2021
2741Bugun, 25 avgust kuni Xarri Keyn faoliyatini davom ettirish borasida yakuniy qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Angliya terma jamoasi sardori yangi mavsumni ham “Tottenxem” safida o‘tkazadi.
“So‘nggi bir necha hafta ichida “Tottenxem” muxlislaridan kelgan qo‘llab-quvvatlovchi xabarlarni o‘qidim. Men bu mavsum jamoada qolaman va muvaffaqiyatga erishishda yordam beraman”, deya yozib qoldirgan Keyn o‘zining Twitter sahifasida.
Avvalroq, “Manchester Siti” Xarri Keyn transferi amalga oshmagan taqdirda “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolamoqchi ekani to‘g‘risida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Keyn bilan 2026 yilgacha shaxsiy shartnomasi borasida kelishib olgandi. O‘z navbatida, “Tottenxem” rahbariyati futbolchi uchun 175 million yevro talab qildi va “shaharliklar”ning 150 million yevrolik taklifini rad etdi.
LiveBarchasi