Ketma-ket uchinchi kun: O‘zbekistonda kovid bilan kasallanganlar soni ortmoqda
Jamiyat
−
18 iyun 2022
12369Kecha, 17 iyun holatiga O‘zbekistonda 90 kishida (poytaxt Toshkentning o‘zida 74 kishida) koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 2 nafari Andijon viloyatida;
• 4 nafari Buxoro viloyatida;
• 1 nafari Qashqadaryo viloyatida;
• 2 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 7 nafari Toshkent viloyatida;
• 74 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Pandemiya boshlanganidan buyon esa O‘zbekistonda rasman qayd etilgan koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 239,5 mingtani tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 iyun holatiga O‘zbekistonda 59 kishida (poytaxtning o‘zida 45 kishida) koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. Joriy yilning 15 iyun holatiga esa koronavirus bilan kasallanganlar 57 nafarni tashkil etgandi
LiveBarchasi