Kerak bo‘lsa, chiqamiz – Pashinyan KXSHTga a’zolik masalasida

Olam

image

Armaniston kerak bo‘lsa, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan (KXSHT) chiqishi mumkin. Bu haqda kecha, 4 iyun kuni mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan saylovoldi debati paytida gapirdi.

Debat jarayonida “Kuchli Armaniston” partiyasi vakili Narek Karapetyan Pashinyanga KXSHTdagi “a’zolikni muzlatib qo‘yish” bo‘yicha savol bergan. Siyosatchi bu nimani anglatishini va nega tashkilotni tanqid qila turib, mamlakat undan chiqib ketmayotganini so‘ragan. Bosh vazir esa agar kerak bo‘lsa, Armaniston tashkilotni tark etishini aytgan.

“Biz qaror qilamiz va chiqamiz. Kerak bo‘lsa, chiqamiz, men ortga qaytmasligimizni aytganman”, deydi Pashinyan.

Ma’lumot uchun, Armaniston KXSHTdagi ishtirokini muzlatib qo‘ygan. U o‘z pozitsiyasini KXSHT Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro keskinlashgan paytda Armanistonni himoya qilishda “befarqlik” ko‘rsatgani va Yerevan oldidagi o‘z funksiyalarini bajarmagani bilan izohlagan. O‘tgan yilning yozida Pashinyan Armaniston, katta ehtimol bilan, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston rahbariyatining Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish bo‘yicha qadamlari ortidan Rossiyaning ushbu mamlakatdagi elchisi Sergey Kopirkin maslahatlashuvlar uchun Moskvaga chaqirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing