Kepa faoliyatini “Real”da davom ettiradigan bo‘ldi

Sport

image

“Real” va “Chelsi” Kepa Arrizabalaga transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliya klubi 28 yoshli darvozabonni ijaraga berishga rozi bo‘lgan. Tomonlar yana ayrim masalalarni hal qilib olishi kerak, kelishuv yaqin soatlarda yakunlanishi kutilmoqda.

Kepa “Bavariya”ga o‘tishga juda yaqin edi, biroq bir necha soat oldin darvozabon ham, “Chelsi” ham nemis klubi bilan muzokaralarni to‘xtatdi. “Real” posbonni sotib olish huquqisiz ijaraga oladi.

10 avgust kuni “qirollik klubi” darvozaboni Tibo Kurtua mashg‘ulotlarda jiddiy jarohat oldi. Karlo Anchelotti Andrey Luninning asosiy darvozabon bo‘lishini istamadi, shu bois madridliklar yangi darvozabon izlay boshladi. Demak, yangi mavsumda ispaniyalik posbon Kurtua o‘rnini egallaydi. Kurtua 2023/24 yilgi mavsumni butunlay o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Tibo Kurtua Kepa Arrizabalaga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made