Kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan o‘zbek tennischisi jazolandi

Sport

image

O‘zbekistonlik tennischi Sanjar Fayziyev kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun 3,5 yilga tennisdan chetlatildi. Bu haqda Xalqaro tennis Fair Play agentligi (ITIA) ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Fayziyev tennis korrupsiyasiga qarshi kurashish dasturini buzganlik uchun diskvalifikatsiya qilingan. Fayziyev 5 ta ayblov bo‘yicha aybdor deb topildi va 15 ming dollar jarimaga ham tortildi.

Sportchiga belgilangan sanksiyalar 2023 yil 25 iyulda, ya’ni sportchilar vaqtinchalik diskvalifikatsiya qilingan sanada qo‘llanila boshlandi. Fayziyev tennis o‘ynash, murabbiylik qilish va har qanday tennis turnirlarida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum etildi.

Shuningdek. ITIA'ning ma’lum qilishicha isroillik sportchi Igor Smilanskiyni 2 yilga diskvalifikatsiya qilingan, 21 ta kelishilgan o‘yinda qatnashganlikda ayblangan qozog‘istonlik Timur Xabibulin esa umrbod tennisdan chetlatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis korruptsiya Sanjar Fayziev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing