Kelesda it go‘shti sotilayotgani rad etildi. So‘yilgan go‘sht cho‘chqaniki bo‘lgan
Jamiyat
−
26 fevral 2021
9025Toshkent viloyatining Keles shahrida itlar so‘yib sotilayotgani haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi. So‘yilgan go‘sht cho‘chqaniki bo‘lib chiqdi. Bu haqda Zamon ko‘rsatuvida xabar berildi.
Toshkent viloyatining Keles shahridagi cho‘chqaxonada itlar ommaviy tarzda so‘yilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Itlarni go‘shti uchun so‘yishda ayblanayotgan keleslik fuqaro ustidan “Mehr va oqibat” tashkilotiga arz tushgan. Unda, cho‘chqa fermasidagi itlar go‘shti uchun ommaviy otib o‘ldirayotgani aytilgan.
Cho‘chqaxona egasining aytishicha, u boqadigan itlar zotdor va ancha qimmat turadi. Shuning uchun u arzimagan go‘sht uchun ularni so‘ymasligini aytdi.
Ta’kidlanishicha, cho‘chqaxona hududi tekshirish uchun ko‘zdan kechirilgan. U yerdan qon izlari topilgan, lekin cho‘chqaboqarlar qon itga emas, cho‘chqaga tegishli ekanini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr