Kelajakda telefonlar bo‘lmaydi, faqat Neuralink – Ilon Mask

Texnologiya

image

Amerikalik ishbilarmon, milliarder SpaceX va Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask kelajakda insoniyat an’anaviy smartfonlardan voz kechib, miyaga o‘rnatilgan implantlardan foydalanishini bashorat qildi. Bu haqda kecha, 17 iyun kuni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Kelajakda telefonlar bo‘lmaydi, faqat Neuralink”, deb yozadi milliarder .

Gap shundaki, Neuralink Maskning miya kompyuter interfeyslarini ishlab chiquvchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, kompaniyaning asosiy maqsadi – miyaning kompyuterlar va boshqa raqamli qurilmalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ta’sirini ta’minlaydigan qurilma yaratish.

Ma’lumot uchun, kompaniya mahsulotining birinchi ko‘ngillisi 30 yoshli Nolan Arbo bo‘lib, erkak 2016 yilda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida falaj bo‘lib qolgan. Joriy yilning boshida Ilon Mask uning miyasiga chip o‘rnatgandi.

Bemorning so‘zlariga ko‘ra, neyrochip unga dunyo bilan aloqani tiklashga imkon bergan. U ushbu kashfiyot tufayli noutbukdan, ijtimoiy tarmoqlardan bemalol foydalanishi va hattoki video o‘yinlar o‘ynashi mumkin. Nolanning aytishicha, hozirda uning sevimli o‘yinlaridan biri bu onlayn shaxmatdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask 2024 yil oxirigacha Neuralink qurilmalarni 10 nafar ko‘ngilliga implantatsiya qilishni, shuningdek, Kanada va Buyuk Britaniyada o‘z chiplari bilan sinovlar o‘tkazish uchun ariza topshirmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask Neuralink telefonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing