Mirziyoyev va Erdo‘g‘anning uchrashuvi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31 dekabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat ikki davlat rahbarlarining kutilayotgan uchrashuvi haqida ham so‘z borgan. 

Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.

2019 yil mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim bo‘lgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga to‘la huquqli a’zo sifatida kirganining tarixiy ahamiyati qayd etildi.

Turli darajadagi aloqalar sezilarli faollashdi, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik izchil rivojlanmoqda, istiqbolli qo‘shma loyihalar amalga oshirilyapti, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Suhbat chog‘ida Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar siyosat, iqtisodiyot, transport kommunikatsiyalari, turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash uchun muhim bo‘lishini qayd etdilar.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 30 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni Yangi yil bilan tabriklagan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing