Kelasi hafta O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bilan boshlanadi
Bu qiziq
−
09 fevral 2019
17416Gidrometeorologiya markazi xizmati 11-13 fevral kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi. Ma’lumotlarga qaraganda, kelasi hafta mamlakatda yog‘ingarchiliklar bilan boshlanadi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 10 va 12 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11 va 13 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 fevralda 0...+5 daraja bo‘ladi. 12-13 fevralda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi. 12 fevralda +10...+15 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 10 va 13 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 11-12 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12 fevralda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi. 13 fevralda kechasi -5...0 daraja, kunduzi +5...0 bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 10 fevralda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11 va 13 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 12 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 fevralda 0...+5 daraja, 12-13 fevralda +2...+7 daraja, kunduzi 10 va 12 fevralda +10...+15 daraja, 11 va 13 fevralda +7...+12 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 10 va 12 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11 va 13 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 va 13 fevralda +2...+7 daraja, 11-12 fevralda ham +2...+7 daraja, kunduzi esa +10...+15 darajabo‘ladi. Havo harorati 12 fevral kuni kunduzi +12.+17 darajagacha kztariladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 10 va 12 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 fevralda -2...+3 daraja bo‘ladi. 11-13 fevral kunlari kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 10-11 fevralda qor ko‘chishi xavfi bor. ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...0 daraja, kunduzi 10 fevralda 0...+5 daraja, 11-13 fevralda +3...+8 daraja bo‘ladi.