Keksa o‘qituvchilar maktablardagi asosiy muammo ekani aytildi

Olam

image

Qozog‘iston Ta’lim vaziri Yulduz Sulaymonova tizimdagi asosiy muammolardan biri – maktablarda keksa o‘qituvchilar bilan bog‘liq ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “Kursiv” xabar berdi.

Vazirning aytishicha, hozirda Qozog‘istonda 50 yoshdan oshgan o‘qituvchilar soni ortib bormoqda. 35 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar ulushi esa taxminan 15 foizni tashkil etadi. 

Bu ko‘rsatkich Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti davlatlari o‘rtacha darajasidan ham past.

Sulaymonovaning ta’kidlashicha, keksa o‘qituvchilarning ko‘pligi ta’lim sifatiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Chunki raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib kelayotgan bir paytda, ayrim katta yoshdagi pedagoglar zamonaviy raqamli tizimlardan foydalanishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Bu muammo ayniqsa qishloq hududlarida yaqqol sezilmoqda.

Vazirlik bu muammoni hal qilish uchun bir qator choralarni rejalashtirmoqda.
Jumladan, keksa o‘qituvchilar uchun raqamli savodxonlik va zamonaviy ta’lim standartlari bo‘yicha qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

Ta’lim vazirligi o‘qituvchilarni xalqaro stajirovkalarga yuborish, ularga tez-tez bonuslar berish hamda kasb nufuzini oshirish orqali ta’lim tizimiga yosh pedagoglarni ko‘proq jalb etishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Krasnogvardeysk tumanidagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi yomon baho qo‘ygani uchun o‘qituvchini pichoqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Ta'lim o'qituvchi Vazir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing