Keksa insonni masxara qilgan yigitga chora ko‘rildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit kafeda yoshi katta erkakni mazax qilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

“Joriy yil 11 mart kuni har kuni ishxonamizga keladigan amaki bilan bir hazillashib qo‘ydik. Buni videoga olib, ijtimoiy tarmoqqa tarqatdik. Qilgan ishimdan pushaymonman, boshqa qaytarilmaydi. Amakidan kechirim so‘rayman”, deydi yigit.

Qayd etilishicha, huquqbuzarga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnoma tuzilgan. IIB xodimlari u va uning ota-onasi bilan profilaktik suhbat ham o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida O‘zbekistonning birinchi mexanizator ayoli Tursunoy Oxunovaning xotir a byusti ustiga chiqib, uni mazah qilgan yigitlar bilan ham profilaktik suhbat bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand IIB huquqbuzar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing