Kazemiro “Yunayted” futbolchisiga aylandi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi yarim himoyachi Karlos Kazemiro faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettiradi. Bu haqda Ispaniyaning “El Chiringuito” televizon dasturida xabar berilgan.

Manbaga ko‘ra, yarim himoyachining “Real Madrid”dan ingliz klubiga o‘tishining barcha tafsilotlari kelishib olingan. Ushbu transfer haqidagi xabarlarni “los blankos” ustozi Karlo Anchelotti ham tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” 30 yoshli futbolchi uchun 60 million yevro to‘laydi. Shuningdek, shartnomada turli ko‘rinishlardagi 10 million yevrolik bonuslar to‘lanishi ham ko‘zda tutilgan.

Bugun, 19 avgust kuni Kazemiro “Yunayted” bilan 4+1 ko‘rinishida shartnoma imzolaydi. Braziliyalik futbolchi “qizil iblislar” safida haftasiga 350 ming funt maosh oladi.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” Kazemironi 2013 yilda Braziliyaning “San Paulo” klubidan 4,5 million yevro evaziga sotib olgan. U “Real” bilan birgalikda Yevropa Chempionlar ligasida 5 marta zafar quchgan. Shuningdek, 30 yoshli futbolchi “los blankos” safida 3 marta Ispaniya chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan. “Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 40 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kazemiro “Manchester Yunayted” “Real Madrid”

Baholaganlar

271

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing