Telegram
Birinchi biling!
3-sahifa
−
17 may 2022
7981Kecha, 16 may kuni soat 12:39 da Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Oqoltin” MFYda joylashgan “Xalq” qabristonida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati FVB Matbuot xizmati xabar berdi.
Shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushishi bilan voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. O‘t o‘chiruvchilar qabristonga soat 12:45 da yetib borgan va soat 13:20 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida qabristonning taxminan 1 gektar maydonida xas-xashak yongan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari boshlangani aytilmoqda.
LiveBarchasi