Kattaqo‘rg‘onda shamol binolar tomini uchirib ketdi
Jamiyat
−
23 iyun 2020 11823 1 daqiqa
Bugun, 23 iyun kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida kuchli shamol bo‘ldi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.
Shamol natijasida, hududdagi iqtisodiyot kolleji sport zalining tom qismi qattiq shikastlangan. Shaharda shamoldan zarar ko‘rgan ob’ektlar faqat ushbu kollej emas.

Hokimlik axborot xizmati rahbari Jamshid Nosirovning aytishiga qaraganda, yana ko‘plab ob’ektlarga talafot yetgan. Ayni paytda shahar hokimi Gavhar Alimova va boshqa mutasaddilar ushbu obe’ktlarni ko‘zdan kechirmoqda.
Hozircha jarohatlanganlar va talafot yetgan binolar soni aniq emas.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr