“Katta yigirmatalik” atmosferaga chiqadigan issiqxona gazlarini kamaytirish majburiyatini oldi

Olam

image

G20 davlatlari milliy sharoitlarni hisobga olgan holda issiqxona gazlarining kollektiv chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirish majburiyatini oldi. Bu haqda Rimda bo‘lib o‘tgan G20 sammitining yakunlari bo‘yicha qabul qilingan rasmiy bayonotda so‘z boradi.

“Biz milliy sharoitlarni hisobga olgan holda va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy harakat rejalarimizni hurmat qilgan holda, umumiy issiqxona gazlari emissiyasini sezilarli darajada kamaytirish majburiyatni oldik”, deyiladi bayonotda.

G20 mamlakatlari, shuningdek, metan chiqindilari iqlim o‘zgarishiga sezilarli hissa qo‘shayotganini va ularni kamaytirish iqlim o‘zgarishi va uning ta’sirini cheklashning eng tez va tejamkor usullaridan biri bo‘lishi mumkinligini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 oktyabr kuni Rimda G20 (“Katta yigirmatalik”) davlatlarining sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Sammit doirasida uning ishtirokchilari ko‘plab masalalar qatorida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi.

Foto: Dunyo bo‘ylab G20 (Katta yigirmatalik) klubiga a’zo davlatlar


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing