“Katta fiqh ensiklopediyasi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Jamiyat

image

Bugun, 12 sentyabr kuni "Azon kitoblari" markazida islom olamida mashhur "Katta fiqh ensiklopediyasi" kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taniqli diniy olim Hasanxon qori Yahyo Abdulmajid tomonidan Qur’on tilovati ila boshlangan taqdimotda loyiha rahbari Mubashshir Ahmad, ushbu ensiklopediyaning tarjimonlar guruhi rahbari Abdulhodiy G‘iyos, olima Odinaxon Muhammad Sodiq ishtirok etdilar. 

Taqdimotda aytilishicha, 200 dan ortiq Islom ulamolarining 40 yillik mehnatlari samarasi bo‘lgan ushbu kitob arab tilida 45 jilddan iborat. Kitob hozircha faqat urdu tiliga tarjima qilingan bo‘lib, uni o‘zbek tilidagi tarjimasi 47 jild bo‘lishi ma’lum qilindi. Kitobning o‘zbek tilidagi birinchi jildi 1000 nusxada chop etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Katta fiqh entsiklopediyasi

Baholaganlar

130

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar