Katanets Eron va BAAga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etadimi?

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 7 oktyabr kuni Jahon chempionati saralash bahslarining Eron va BAA terma jamoalariga qarshi o‘yinlar oldidan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra ushbu yig‘inda qatnasha olmaydi. Ikkita uchrashuvga jamoani yordamchi murabbiylar Aleish Chex hamda Vlado Radmanovich tayyorlaydi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashining 3-bosqich 3-turi doirasida Eron bilan, 4-turda esa BAA bilan kuch sinashadi. Forslarga qarshi o‘yin 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tsa, amirliklar vakillari bilan bahs 15 oktyabr kuni o‘tkaziladi. Har ikki uchrashuvga Toshkent shahridagi “Bunyodkor” mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Jahon chempionati Srechko Katanets

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made