Kataloniyadagi ayirmachi rahbarlar uzoq muddatga “kesildi”

Olam

image

Ispaniya Oliy sudi mintaqada mustaqillik tarafdori bo‘lgan kataloniyalik siyosatchilarni 13 yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Maksimal jazo muxtor viloyat Hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari Oriol Junkerasga belgilandi. Kataloniya milliy assambleyasining sobiq rahbari Jordi Sanches va Omnium madaniy tashkilotining raisi Jordi Kuishar to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum etildi. Muxtor viloyati Parlamentining sobiq spikeri Karme Forkadelga 11 yil 6 oy qamoq jazosi berildi.

Sud jarayoni 2019 yil fevral oyida boshlandi. Kataloniya separatistik harakati rahbarlari isyonni qo‘zg‘ashda va davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanmoqda.

Ma’lumot uchun, Kataloniya Ispaniya tarkibidagi muxtor viloyat hisoblanadi. Kataloniyada 7,5 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kataloniyada ayirmachi rahbarlar

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar