Kaspiy sammiti ishtirokchilari yakuniy bayonotni imzoladilar

Olam

image

Kecha, 29 iyun kuni Ashxobodda bo‘lib o‘tgan oltinchi “Kaspiy beshligi” sammitida mintaqa resurslaridan tinch maqsadlarda foydalanishga kelishib olindi. Bu haqda Turkmaniston rasmiy matbuoti xabar bermoqda.

Sammitda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Sayyidibrohim Raisiy, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev,  Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etdi.

Davlat rahbarlari Kaspiy dengizidagi besh tomonlama hamkorlikning eng muhim masalalarini, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qilgan. 

Oltinchi Kaspiy Sammitining yakuniy bayonotiga ko‘ra, Kaspiy davlatlari rahbarlari mintaqa resurslaridan tinch maqsadlarda foydalanishga kelishib olganlar.

“Kaspiy dengizidan tinch maqsadlarda foydalanish, uni tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik zonasiga aylantirish, Kaspiy dengizi bilan bog‘liq barcha masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilish kerak”, deyiladi yakuniy bayonotda.

Shuningdek, Kaspiy bo‘yidagi davlatlar rahbarlari oltinchi Kaspiy sammiti doirasida bir qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdilar.

Keyingi Kaspiy sammiti kelishilgan sanalarda Eronda bo‘lib o‘tadi.

Oynisaxon Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

286

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing