Kaspiy dengizidan 200 ga yaqin tyulen jasadi topildi
Olam
−
19 aprel 2570 1 daqiqa
Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati Tupqarag‘an tumanida Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida 191 ta o‘lik tyulen jasadi topildi. Bu haqda “Lada.kz” mintaqaviy axborot portali xabar berdi.
Viloyat baliqchilik inspeksiyasi boshlig‘i Qonarbay Bozorboyevning ma’lum qilishicha, dastlabki taxminlarga ko‘ra, so‘nggi 2–3 kun davomida kuzatilgan shimoli-g‘arbiy shamol sababli tyulenlar qirg‘oqqa chiqib qolgan va nobud bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tegishli mutaxassislar tekshiruv boshlagan. Ekologiya departamenti xodimlari suv va tuproq namunalarini olgan.
Shuningdek, Gidrobiologiya va ekologiya instituti olimlari ham qo‘shimcha tadqiqotlar olib bormoqda. Ular hayvonlarning tishlari, tirnoqlari va ichki a’zolaridan namunalar olib, o‘lim sababini aniqroq o‘rganmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati Tupqarag‘an tumani qirg‘oq chizig‘ini, Asan qishlog‘idan Bautino burnigacha monitoring qilish paytida 112 ta Kaspiy tyulenining jasadlari topilgandi.
Live
Barchasi