Kaspersky “antixaker” smartfonlar ishlab chiqarishni boshlaydi
Texnologiya
−
07 dekabr 2020
4281Xakerlar hujumiga qarshi operatsion tizimga ega Kaspersky smartfonlari 2021 yilda ishlab chiqariladi. Bu haqda “Kasperskiy laboratoriyasi” rahbari Yevgeniy Kasperskiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya allaqachon yangi operatsion tizimni Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan o‘rnatishga kelishib olgan. “Hozircha uning nomini ayta olmayman, ammo bu Xitoy kompaniyasi. Mahsulot keyingi yil oxirida paydo bo‘ladi”, dedi u.
“Aslida, ushbu qurilma universal bo‘lishi mumkin. Bozor bizni qayerga “yetaklasa”, u o‘sha yerda ishlayveradi. Bizda Rossiyaga ham, chet ellarga Yevropa, Osiyo, MDH davlatlariga ham kirish imkoniyati mavjud. Ushbu operatsion tizim telefonlar va planshetlar uchun keyingi yil tayyor bo‘ladi”, dedi u.
Shu bilan birga, kompaniya Google va Apple kompaniyalari bilan ishlashni rejalashtirmayapti.
“Bizning asosiy vazifamiz ham davlat xizmatchilari, ham tadbirkorlarning maxfiy ma’lumotlarini qayta ishlash va xakerlar hujumiga deyarli imkon qoldirmaydigan xavfsiz telefon yaratishdir”, dedi Kasperskiy.
Uning ta’kidlashicha, kompaniya hozirdabitta operatsion tizimga ega alohida telefon ishlab chiqishni maqsad qilgan.
“Ko‘pchilik odamlar ikkitalab telefonni o‘zlari bilan olib yurishadi. Telefon yoki smartfonlar o‘yinlar va ko‘ngil ochish uchun emas, balki muhim ma’lumotlar almashish uchun ham katta rol o‘ynaydi”, deya qo‘shimcha qildi u.