Kasilyas dunyoning eng yaxshi besh nafar darvozabonini aytdi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi va “Real Madrid” klubining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas dunyoning eng yaxshi 5 nafar posbonidan iborat reyting tuzib chiqdi. Bu haqda Kasilyasning so‘zlariga tayanib, “Sport” nashri xabar berdi.

Qayd etish kerakki, “Real”ning sobiq darvozaboni reytingida birinchi o‘rinni hozirda “qaymoqranglilar” sharafini himoya qilayotgan Tibo Kurtua egalladi. Ikkinchi o‘rinni “Manchester Siti” darvozaboni Ederson egallagan bo‘lsa, “Atletiko” futbolchisi Yan Oblak kuchli uchlikni yakunladi.

Kasilyas shaxsiy reytingida to‘rtinchi o‘rinni “Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenga, beshinchi o‘rinni esa “Bavariya” posboni Manuel Noyerga berdi.

Ma’lumot uchun, Iker Kasilyas Jahon chempionati va Yevropa chempionatida (2 marta) zafar quchgan. Bundan tashqari u Yevropa Chempionlar ligasida 3 marta va Ispaniya chempionatida 5 bor g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

“Real Madrid” Kasil'yas

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing