Kasbiy imtihonlar qachongacha o‘tkazilishi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari uchun davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha, shuningdek, magistratura uchun mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi tasdiqlandi.

Davlat komissiyasi bayoni bilan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi

Pandemiya sharoitini inobatga olgan holda, Davlat komissiyasining 1-sonli bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Unga ko‘ra:

•    kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib soddalashtiriladi;

•    abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihon uchun bir marta keladi va ortiqcha vaqt sarflamasdan topshirishi ta’minlanadi;

•    test sinovlari bilan bir qatorda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 25 iyuligacha o‘tkaziladi;

•    alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari kirish imtihonlarini 25 iyuldan 20 avgustgacha o‘tkaziladi;

•    kasbiy (ijodiy) imtihonlar videokuzatuvlar orqali qat’iy nazorat qilinadi va internetda jamoatchilik kuzatuvi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing