Kasallarni davolovchi guruhlar tuzilib, chekka hududlarga yuboriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga joylardagi epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish va kasallarni davolashga amaliy yordam beradigan guruhlar tuzib, har bir hududga yuborish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda davlat rahbari bugun, 28 iyul kuni o‘tgan yig‘ilishda gapirgan. 

Ushbu guruhlarga mutasaddi idoralar, ixtisoslashgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari rahbar va mutaxassislari, shuningdek, nafaqadagi tajribali shifokorlar jalb etiladi. Bu hududlarda aholiga erta va aniq tashxis qo‘yish, bemorlarni kasallik darajasiga qarab to‘g‘ri va malakali davolashda muhim omil bo‘ladi.

Hokimliklarga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalar tashkil etish, intensiv va reanimatsiya o‘rinlarini ko‘paytirish, ularni zarur tibbiy jihozlar va dori-darmon bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Toshkent shahridagi tajriba asosida COVID-19 va pnevmoniya bilan kasallanganlarga dastlabki malakali tibbiy yordam ko‘rsatadigan “maxsus poliklinikalar” tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing