Karmana tumaniga yangi prokuror va IIB boshlig‘i tayinlandi

Jamiyat

image

Barnoyev Zokirjon Latipovich Karmana tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi. Zokirjon Barnoyev tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Abdurayimov Akmal Qo‘chqorovich Karmana tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Bunga qadar u Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Karmana tumani IIB boshlig‘i lavozimida 2020 yil aprel oyidan buyon Savurov Akbar Axtamovich, tuman prokurori lavozimida esa 2022 yil may oyidan Erkinov Xurshidjon Erkinovich ishlab kelayotgandi.

Oldinroq Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tumandagi qurilishi tugamagan binoga 452 ta mayning qurilmasi o‘rnatilishi ortidan tuman hokimi, prokurori, departament boshlig‘i, IIB va elektr tarmoqlari rahbarlari ishdan bo‘shatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy tayinlov Karmana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing